Buxoroda Ma’naviyat soati

“O‘zstandart” agentligi Bosh direktori A.Karimovning topshirig‘i asosida hududiy Boshqarma va markazlarda ma’naviy tadbirlari tizimli tashkil etib kelinmoqda.

Buxoro Sinov va sertifikatlashtirish markazining tashabbusi bilan navbatdagi ma’rifiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro shahar “Oydinok” jome’ masjidining imom xatibi M.Utayev taklif qilindi.
Yig‘ilishni Markaz direktori A.Muxtorov kirish so‘zi bilan ochib, bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad xodimlar o‘rtasida sog‘lom va do‘stona muhitni yo‘lga qo‘yish va o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshish ekanligiga alohida urg‘u berdi.

Muborak kunlarda har xil yomonliklardan o‘zini tiyish, g‘iybat va fisqu-fasod gaplarni gapirmaslik, o‘zaro hurmat va samimiy muhitda ishlash, rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash kabi vazifalar atroflicha muhokama etildi.

Shundan so‘ng mehmon markaz xodimlariga insonlar o‘rtasidagi munosabatlar, va shu bilan birga qarindoshchilikni mustahkamlash va mehr-oqibat rishtalarining yaxshilashning mezonlari xususida ma’ruza qildi.

Uchrashuv davomida mavzu yuzasidan xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol qatnashdilar.

Albatta, bunday ochiq muloqotlar xodimlarning ma’naviyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.