“Halol” standartlari talablari asosida sertifikatlashtirish

 “Halol” sertifikatlashtirish - xom-ashyo, qo‘shimchalar, ziravorlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari (sex), ishlab chiqarish vositalari (jixozlar), biznesni boshqarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Halol” standarti talablariga muvofiqligini uchinchi taraf (betaraf) tomonidan tasdiqlashga oid faoliyat hisoblanadi.

 “Halol” standarti talablari bo‘yicha muvofiqlikni baholash, ixtiyoriy sertifikatlashtirishga kirib, sertifikatlashtirish arizachi talabi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulot yoki xizmatlarni “Halol” standarti talablariga muvofiqligini baholash maqsadida amalga oshiriladi. “Halol” standarti bo‘yicha ixtiyoriy sertifikatlashtirish arizachi va MChJ «O`zbek-Turk Test Markazi» qo‘shma korxonasi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun: Sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish maqsadida «O‘zstandart» agentligi va Turk standartlari institututi (TSE) ishtirokida, yangi zamonaviy standartlar talablariga javob beruvchi O‘zbek-Turk qo‘shma korxonasi, ya’ni MChJ «O`zbek-Turk Test Markazi» qo‘shma korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, qo‘shma korxonada hozirgi kunda:

 Mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi (SI);

  •  Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi;
  • Sinov laboratoriyalari majmuasi (SLM) faoliyat yuritib kelmoqda.

 Turkiya akkreditatsiya agentligi TURKAK (TURKISH ACCREDITATION AGENCY) dan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi EN ISO/IEC 17021 xalqaro standarti bo‘yicha (akkreditatsiya guvohnomasi № AB - 0115-YC ot 04.02.2015 g.) va to‘qimachilik mahsulotlarini sinash laboratoriyasi EN ISO/IEC 17025 xalqaro standarti bo‘yicha (akkreditatsiya guvohnomasi № AB-1054-Ye ot 05.02.2016 g.) xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, sertifikatlashtirish idorasi va sinov laboratoriyasi tomonidan rasmiylashtirilgan sertifikatlar va sinov bayonnomalari butun dunyoda tan olinadi.

 “Halol” sertifikati – muayyan mahsulot yoki xizmatning “Halol” standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat bo‘lib, tarkibida islom qoidalari va me’yorlariga binoan iste’molga ruxsat etilgan “Halol” mahsulot va xizmatlar.

“Halol” belgisi - muayyan mahsulot yoki xizmatning “Halol” standarti talablariga mos ekanligini ko‘rsatish uchun mahsulotga yoki ko‘rsatilgan xizmatga doir hujjatga qo‘yiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan belgi.
MChJ «O`zbek-Turk Test Markazi» QK sertifikatlashtirish idorasi milliy va xalqaro tan olingan idora bo‘lib, “Halol” sertifikatlashtirish faoliyatini Turk standartlari instituti (TSE) bilan kelishuv asosida standartlashtirish, metrologiya va akkreditatsiya sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi, Islom hamkorlik tashkilotiga (OIC) a’zo hukumatlararo tashkilot Islom davlatlari standartlashtirish va metrologiya instituti (SMIIC), hamda Turk standartlari instituti (TSE) ning quyidagi:

  • TS OIC/SMIIK 1 “Halol oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yilgan talablar”;
  • TS 13571 - “Tayyorlangan halol oziq-ovqat va ichimliklar saqlanadigan va xizmat ko‘rsatadigan joylarga TS OIC/SMIIC 1 standartining qo‘llanilishi bo‘yicha alohida talablar”;
  • TS 13683 - “Halol menejment tizimi – mehmonxonalar”;
  • TSE K 202 - “Halol kosmetika”;
  • TS 6915 - “Mehmonxona xonalariga umumiy talablar”;
  • TS 10082 - “Ish joylari, mehmonxona xonalari, turizm sertifikatlariga ega mehmonxonalar va ularni sinflarga ajratish bo‘yicha umumiy talablar”standartlari asosida amalga oshiradi.

 Muayyan mahsulot yoki xizmatlarni “Halol” standarti talablari bo‘yicha sertifikatlashtirish auditlari O‘zbekiston Respublikasi musulmonlari diniy idorasi tomonidan tayinlangan imom-xatiblar va Turk standartlari instituti (TSE)ning xalqaro ekspertlari ishtirokida o‘tkaziladi hamda sertifikatlashtiriladigan mahsulotlar sifati, xavfsizligi va halolligini tasdiqlovchi sinovlar Turk standartlari instituti (TSE)ning laboratoriyalarida amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish auditlari muvaffaqiyatli yakunlangach, xalqaro tan olingan “Halol” sertifikatlari bilan birga mahsulotlarning halolligini tasdiqlovchi sinov bayonnomalari ham taqdim etiladi.

Soxta mahsulotlarni sotib olishni oldini olish maqsadida sertifikatlangan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini Bizning veb-saytimizda ko‘rishingiz mumkin.
Shunday qilib, “Halol” standarti talablariga muvofiq mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish natijasida, bozorda qo‘yidagi ustunliklarga ega bo‘lishingiz mumkin:

 1.     Mamlakatimizning 30 mln.dan ortiq musulmon ahli, bundan tashqari, dunyoda musulmon ahlining ortib borishi (taxminan 1,8 mlrd odam, yer aholisining 24 foizi degani) «Halol» belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talabning yanada oshishini ta’minlaydi;

 2.     Boshqa e’tiqod vakillari ham ko‘pincha “Halol” mahsulotlarni afzal ko‘rishmoqda, chunki mahsulotga “Halol” sertifikatning mavjudligi mahsulotlar qo‘shimcha xavfsizlik talablari asosida ishlab chiqarilishi, ya’ni mahsulotning sifati, xavfsizligi va ekologik tozaligi uchun yanada qattiqroq talablarni nazarda tutadi;

Ishlab chiqarilgan halol mahsulotlar bozori hajmi 4,0 trillion AQSh dollarini tashkil qilib, 20 foizi Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) mamlakatlariga, qolgan 80 foizi esa islomiy bo‘lmagan mamlakatlarga (Yevropa ittifoqi, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Braziliya va boshqalar) to‘g‘ri keladi

Murojaat uchun telefonlar: +99871-250-82-99, +99871-250-49-99, +99871-250-19-99. 
Ye-pochta:  Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Sertifikatlashtirishga murojaat qilish uchun zarur hujjatlarni yuklash.