Tadbirkorlar uchun yana bir qulaylik

Xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifat milliy infratuzilmasining yaratilishi mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi va innovatsiyalarni joriy etish, mahalliy mahsulotlar sifatini oshirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Standartlar instituti tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab quvvatlash, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilish va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilash maqsadida 600 ga yaqin tashkilot standartlari (Ts) o‘rniga tegishli Davlat standartlari (O`z DSt) loyihalari ishlab chiqildi. Jumladan:

Standartlar nomlanishi

Amaldagi tashkilotning standartlari (Ts)

Ishlab chiqilgan davlat standarti

(O`z DSt)

“Idish tovoq yuvish uchun vosita. Texnikaviy shartlar

97

1

“Kukunsimon sintetik yuvish vositalari. Texnikaviy shartlar”;

112

1

“Kukunsimon tozalash vositasi. Texnikaviy shartlar”;

49

1

“Qurtlar. Texnikaviy shartlar”;

52

1

“Qovurilgan pistalar, yong‘oqlar va no‘hot. Texnikaviy shartlar”;

151

1

“Pishloqli dudlangan qalamchalari. Texnikaviy shartlar”;

23

1

“Sanitariya – gigiyenik maqsadlar uchun mo‘ljallangan qog‘oz va qog‘oz buyumlar. Texnikaviy shartlar”.

94

1

Jami

578

7

Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4059-sonli Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, qator yo‘nalishlarda standartlashtirish sohasidagi mahsulotning yagona talablarini belgilaydigan, O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari xalqaro talablar bilan uyg‘unlashgan holda ishlab chiqildi.
 
 
 
 
Axborot-tahlil bo'limi