TURISTIK MEHMONXONA VA TRANSPORT EKSPEDITORLIK XIZMATLARINI SERTIFIKATLASHTIRISH IDORASI

“Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi qoshidagi Turistik mehmonxona va transport ekspeditorlik xizmatlarini sertifikatlashtirish idorasi, “O’zstandart” agentligi tomonidan 2013 yil 3 sentyabrda UZ.AMT.06.MAI.303-sonli berilgan akkreditatsiya guvohnomasiga asosan Turistik mehmonxona va transport ekspeditorlik xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiradi.

O’zbekiston Respublikasi “Turizm to’grisida”gi Qonunning 10-moddasiga muvofiq, turistik xizmatlar majburiy sertifikatlashtirilishi lozim.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 9 sentyabrida 348-sonli “O’zbekiston Respublikasida transport ekspeditorlik faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, transport ekspeditorlik xizmatlari ham majburiy sertifikatlashtiriladi.

Xizmatlarni sertifikatlashtirish ishlari idorada malakali mutaxassislar, O’zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimidagi akkreditatsiyalangan ekspert-auditorlar tomonidan amalga oshiriladi.

Xizmatlarni sertifikatlashtirish ishlari tez muddatda bajariladi. Muvofiqlik sertifikati 3 yil muddatga beriladi hamda muvofiqlik sertifikatini tasdiqlash maqsadida inspektsion nazorat 1 yilda bir marotaba amalga oshiriladi.

Tel.: +99 871 150-19-11
Fax: +99 871 150-63-74
Mob: + 998 90 175-99-37, +998 93 564-89-61
E-mail: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. , This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.